CAFA. Sergeev eng yaxshi to'purarlikni qo'lga kiritdi, Alijonov eng yaxshi futbolchi deb topildi
Фото: ЎФА
Toshkent va Dushanbe mezbonlik qilgan “CAFA Nations Cup-2025” turnirining individual sovrin egalari taqdirlandi.
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev musobaqaning eng yaxshi to‘purari sifatida e’tirof etildi.
Hojiakbar Alijonov esa turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Shuningdek, eng yaxshi darvozabon sifatida Eron posboni Saidpayam Niyozmand e’tirof etildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi Eronni qo‘shimcha bo‘limlarda 1:0 hisobida mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist