CAFA Nations Cup turniriga qur'a tashlandi. O‘zbekiston Ummon bilan bir guruhda
Photo: UFA
29 avgustdan 8 sentyabrgacha O‘zbekiston yana bir yirik turnirga mezbonlik qiladi.
CAFA Nations Cup ishtirokchilari soni yana 2 taga oshadi — musobaqada mehmon sifatida Malayziya va Ummon terma jamoalari qatnashadi.
Yaqinda musobaqaga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston "A" guruhida Qirg‘iz Respublikasi, Turkmaniston va Ummon bilan kuch sinashadi.
CAFA Nations Cup
"A" guruhi
O‘zbekiston (mezbon)
Qirg‘iz Respublikasi
Turkmaniston
Ummon
"B" guruhi
Tojikiston (mezbon)
Eron
Afg‘oniston
Malayziya
Ma’lumot uchun, "A" guruhi o‘yinlari va musobaqaning final uchrashuvi Toshkent shahrida, "B" guruhi va 3-o‘rin uchun bahs esa Dushanbe shahrida o‘tkaziladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist