CAFA Nations cup-2025. O‘zbekiston terma jamoasi Turkmanistondan ustun keldi
Фото: ЎФА
CAFA Nations cup-2025 ikkinchi turi doirasidagi O‘zbekiston va Turkmaniston uchrashuvi nihoyasiga yetdi.
Uchrashuv 2:1 hisobida Temur Kapadze boshchiligidagi o‘zbekistonliklarning g‘alabasi bilan tugadi.
Igor Sergeev ushbu o‘yinda dubl muallifiga aylandi. Didar Duriev esa penaltidan gol urib, hisobni qisqartirdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi ochkolari sonini 4 taga yetkazib, Ummon bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda.
CAFA Nations Cup-2025
"A" guruhi. 2-tur
O‘zbekiston – Turkmaniston 2:1
Gollar: Igor Sergeev 37, 44 – Didar Duriev 84 pen
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist