locale OZ

CAFA Nations Cup-2025 finali: O‘zbekiston ko‘k libosda maydonga tushadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
CAFA Nations Cup-2025 finali: O‘zbekiston ko‘k libosda maydonga tushadi
Фото: ЎФА

Ertaga, 8-sentabr kuni “CAFA Nations Cup-2025” turniri final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

Bugun final oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi va mahalliy tashkiliy qo‘mita tomonidan o‘yinga oid bir qator masalalar, xususan, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yo‘nalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berildi.

Mazkur bahsda o‘zbekistonlik futbolchilar to‘liq ko‘k libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qilishi ma’lum bo‘ldi.

Eron esa maydonga oq rangli futbolkada tushadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting