locale OZ

Buxoroda 30 ming o‘rinli futbol stadioni quriladi

Ayni paytda stadion maydonini loyihalash ishlari boshlab yuborilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Buxoroda 30 ming o‘rinli futbol stadioni quriladi
Фото: Бухоро футбол ассоциацияси

Xitoy Xalq Respublikasining China CAMC Engineering Co. LTD kompaniyasi tomonidan Buxoro tumani “Bog‘idasht” MFY hududida 30 ming tomoshabinga mo‘ljallangan zamonaviy markaziy futbol stadioni qurilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda stadion maydonini loyihalash ishlari boshlab yuborilgan.

Mazkur inshoot hududda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, xalqaro talablarga javob beradigan futbol uchrashuvlari va yirik sport tadbirlarini o‘tkazish uchun muhim maydonga aylanishi kutilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting