Buxoro viloyatida futbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi musobaqasining viloyat bosqichi g'oliblari aniqlandi
Musobaqa yakunlari bo‘yicha g‘olib va sovrindor jamoalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda yuqori natija qayd etgan jamoalarga medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
photo: Ayollar futboli

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — Peshku tumani jamoasi
2-o‘rin — Jondor tumani jamoasi
3-o‘rin — Qorako‘l tumani jamoasi
Mazkur musobaqa qizlar o‘rtasida futbol sport turini yanada ommalashtirish, yosh iste’dodlarni aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor