«Buxoro» jamoasining bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov etib tayinlandi
Mutaxassising so'nggi jamoasi «Andijon» bo'lgan edi
PHOTO: Google
Aleksandr Xomyakov “Buxoro” jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi.
"Uning futboldagi katta tajribasi va bilimlari bilan jamoamiz yangi marralarni zabt etishiga ishonamiz. Oldinda bizni mas’uliyatli o‘yinlar, muhim sinovlar va albatta g‘alabalarni kutmoqdamiz.
Xomyakov boshchiligida “Buxoro” futbolchilari yanada yuqoriroq natijalarga erishib, muxlislarni xursand qilishini kutib qolamiz.

Jamoamizga xush kelibsiz Aleksandr Andreyevich Xomyakov!",-deb yoziladi Buxoro klubining matbuot xizmatida.
Ibrohim Jalolov
Redaktor