locale OZ

«Buxoro» ikki futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Buxoro» ikki futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Бухоро ПФК

"Buxoro" safida himoyachi sifatida to'p surib, nafaqat mudofaa, balki hujumlarda ham faol ishtirok etib kelayotgan, o'zining jangovar ruhi va fidoyiligi bilan muxlislar mehrini qozongan tajribali futbolchi Sardor Qulmatov faoliyatini buxoroliklar safida davom ettiradi.

Klub va futbolchi o'rtasidagi shartnoma yana bir yilga uzaytirildi. Sardor Qulmatov ushbu mavsumda Superliga doirasida 29 uchrashuvda maydonga tushib, jami 1713 daqiqa harakat qilgan.

Jamoaning himoya qo'rg'onida o'zining ishonchli va sifatli o'yini bilan jamoamizni keyingi mavsum Superligada ishtirok etishiga munosib hissa qo'shgan tajribali himoyachi Muhammad Yo'ldoshev navbatdagi mavsumda "Buxoro" safida faoliyat olib boradi. Muhammad Yo'ldoshev o'tgan mavsumda jamoamiz tarkibida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, jami 2170 daqiqa harakat qildi. Himoyachi bo'lishiga qaramay, u ushbu o'yinlarda 4 ta golli uzatma muallifiga aylanishga muvaffaq bo'ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting