“Bunyodkor” Xamrobekov transferi uchun yirik summa oldi
O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Eronning “Traktor” klubiga o‘tdi
Rasm: Gazeta.uz
Toshkentning “Bunyodkor” klubi yarim himoyachi Odil Xamrobekovni Eronning “Traktor” jamoasiga sotdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu transfer uchun eronliklar o‘zbek klubiga 500 ming yevro (7 milliard so‘mdan ortiq) to‘lashgan. 29 yoshli futbolchi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Ta'kidlash joiz, Xamrobekov — O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. U jahon chempionatiga chiqish uchun olib borilayotgan saralash bosqichida jamoaning yetakchilaridan biriga aylangan.
Bakradze Iman
Redaktor