«Bunyodkor» klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish ro‘y berdi. Klub matbuot xizmati xabar berishicha, bosh murabbiy Ilyos Zeytullayev iste’foga chiqdi
Hozircha klubning yangi bosh murabbiyi kim bo‘lishi ma’lum qilinmagan.
photo: Bunyodkor FK
«Bunyodkor» klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish ro‘y berdi. Klub matbuot xizmati xabar berishicha, bosh murabbiy Ilyos Zeytullayev iste’foga chiqdi.
«Bosh murabbiy Ilyos Zeytullayev hamda uning yordamchilari Alessandro Spinoglio, Andres Moauro, Marko Nikodemo o‘z xohishi va tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra iste’foga chiqdi. Biz Ilyos Bekirovich va uning yordamchilariga qiyin damlarda jamoaning kelajagi uchun amalga oshirgan samarali ishlari, mehnati, fidoyiligiga minnatdorchilik bildirgan holda mutaxassislarning murabbiylik faoliyatiga omad-zafarlar tilab qolamiz», - deyiladi klub xabarida.
Hozircha klubning yangi bosh murabbiyi kim bo‘lishi ma’lum qilinmagan.