Bunyodkor Itsuki Urata bilan shartnomani uzaytirdi
“Bunyodkor” klubi yaponiyalik himoyachi Itsuki Urata bilan shartnomani 2027-yil dekabr oyiga qadar uzaytirganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.
photo: Bunyodkor FK
ITSUKI URATA — 2027
“Bunyodkor” klubi yaponiyalik himoyachi Itsuki Urata bilan shartnomani 2027-yil dekabr oyiga qadar uzaytirganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.
"Urata jamoamizga qo‘shilganidan beri ishonchli o‘yin, barqarorlik va yuqori professionalizm namoyish etib kelmoqda. Uning maydondagi intizomi, tezkorligi va himoyadagi ishonchliligi jamoamiz uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Ushbu yangi shartnoma — futbolchiga bo‘lgan ishonchimizning yana bir tasdig‘i.
Urata, jamoamiz bilan birga yangi marralar sari",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.
Ibrohim Jalolov
Redaktor