\"Bunyodkor\" Chernogoriyalik futbolchining transferini e'lon qildi
Photo: Bunyodkor PFK
Toshkentning "Bunyodkor" klubi Superliga ikkinchi davrasi oldidan o‘z tarkibini legioner hujumchi bilan kuchaytirdi.
"Qaldirg‘ochlar" Chernogoriyalik 22 yoshli markaziy hujumchi Matiya Krivokapichni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, 150 ming yevroga baholangan futbolchi Toshkent klubi bilan 2026 yil yakunigacha shartnoma imzolagan.
Uning so‘nggi klubi Vengriyaning "Dyor" jamoasi edi.
Avvalroq jamoaning albaniyalik hujumchisi Luis Kachorri Iordaniya chempionatiga yo‘l olgandi.
Bahrom Bobonov
Redaktor