locale OZ

«Bunyodkor» – «Andijon». Ustunlik qaysi jamoada?

“Bunyodkor” – “Andijon” uchrashuvi 24 aprel kuni soat 20:15 da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prev'yu. «Bunyodkor» — «Andijon»
Фото: Андижон ПФК

“Andijon” chempionatning 9-tur uchrashuvini 24 aprel kuni Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi o‘tkazadi.

Bo‘ladigan bellashuv jamoalarning O‘zbekiston chempionati doirasidagi o‘zaro 31-uchrashuviga aylanadi. O‘tgan yili birinchi davrada Andijonda bo‘lib o‘tgan o‘yinda mehmonlar 0:2 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, ikkinchi davraning so‘nggi turida “Andijon” mehmonda “Bunyodkor”ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan. O‘sha bahsda andijonliklar safida gollarga Shaxzod Azmiddinov va Usmonali Ismonaliyev mualliflik qilgan.

Umuman olganda, jamoalarning o‘zaro o‘yinlari statistikasi bo‘yicha, “Bunyodkor” hisobida 22 ta, “Andijon”da esa 2 ta g‘alaba bor. Yana 6 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati – 58:16.

Eslatib o‘tamiz, “Bunyodkor” – “Andijon” uchrashuvi 24 aprel kuni soat 20:15 da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting