Bunyod Shodiyev — «Guliston» futbolchisi
Yangi yilda yangi maqsadlarni ko‘zlayotgan «Guliston» jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
«Guliston» PFK 2026 yilgi mavsum oldidan Bunyod Shodiyev bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qiladi.
29 yoshli futbolchi faoliyati davomida O‘zbekiston, Tojikiston va Bangladesh chempionatlarida to‘p tepgan.
Bunyod Shodiyevning futbolchilik faoliyati:
Tug‘ilgan sanasi: 07.06.1997
Ampluasi: Markaziy yarimhimoyachi
O‘ynagan jamoalari: «Nasaf» yoshlari (2014), «Nasaf-2» (2015-2016), «Mash’al» (2017), «Yangiyer» (2018), «Ko‘ktosh» (2019-2021, Tojikiston), «Ravshan» (2022, Tojikiston), «Yangiyer-Quruvchi» (2023), «Rahmatanj» (2024, Bangladesh), «Brothers Union» (2025).
Ishonamizki, Shodiyev «Guliston» jamoasida o‘zining yorqin o‘yinlari bilan barchaning ishonchini oqlaydi.