locale OZ

Bundesliga. «Borussiya Dortmund» safarda «Bayer»ni mag'lub etdi

Kovach jamoasi "Bavariya"ning ortidan kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bundesliga. «Borussiya Dortmund» safarda «Bayer»ni mag'lub etdi
ФОТО: Getty images

Germaniya chempionatining 12-turida “Borussiya D” safarda “Bayer” ustidan g‘alaba qozondi, - 2:1.

Uchrashuvda dastlab mehmonlar futbolchisi Anselmino 41-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 65-daqiqaga kelib Adeyemi hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Mehmonlarning ikki goliga 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Kofane yagona goli bilan javob qaytardi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “asalari” ochkolari sonini 25 taga yetkazib, turnir jadvalida 3-o‘ringa chiqib oldi. “Bayer” esa 23 ochko bilan 4-pog‘onaga tushdi.

Germaniya Bundesligasi. 12-tur
Bayer — Borussiya D 1:2
Gollar: Kofane 83 — Anselmino 41, Adeyemi 65.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting