Bundesliga. «Borussiya D» «Verder»ga qarshi bahsda 90+2-daqiqada gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Bundesliga. «Borussiya D» «Verder»ga qarshi bahsda 90+2-daqiqada gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi.
Germaniya chempionatida 5-tur uchrashuvlariga start berildi.
Germaniya Bundesligasining 5-turida «Borussiya D» va «Verder» jamoalari o‘zaro bellashdi. Unda 2:2 hisobi qayd etildi.
Bellashuvda dastlabki gol 80-daqiqada Svensson tomonidan urildi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Shlotterbek ikkinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi. 88-daqiqada Reys farqni qisqartirdi. 90+2-daqiqada Fyullkrug bremenliklarni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.
Shu tariqa, «Borussiya D» 13 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamligini davom ettirmoqda. «Verder» esa 8 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
Bundesliga. 5-tur
Borussiya D – Verder 2:2
Gollar: Svensson 80, Shlotterbek 85 – Reys 88, Fyullkrug 90+2
Borussiya D – Kobel, Gadu, Anton, Shlotterbek, Svensson, Nmecha, Zabitser (Karetsas, 72), Bellinghem (Veyerman, 72), Nvaneri (Fabiu Silva, 63), Bayer, Girassi.
Verder – Yakob, Artur (Stalmax, 65), Piper (Vuychik, 19), Fridl, Deman, Reys, Reger (Vayzer, 65), Chuki, Dinkchi, Fyullkrug, Gryull.