Bundesliga. «Borussiya D» – «Union» – 3:0 (video sharh)
Фото: Getty Images
Germaniya chempionatining 2-turida "Borussiya" o‘z maydonida "Union" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi – 3:0.
Mezbonlar safida Seru Girassi 44 va 58-daqiqalarda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 81-daqiqada Feliks Nmecha dortmundliklarning uchinchi golini urdi.
"Borussiya" va "Union" uchrashuvida kiritilgan gollar va yuzaga kelgan xavfli vaziyatlarni tomosha qiling.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist