Bundesliga. «Borussiya D» o‘z maydonida «Hoffenhaym» ustidan g‘alaba qozondi
"Asalarilar" 3-o‘rinda bormoqda va "Bavariya" hamda "Leyptsig"ni ta’qib qilmoqda.
ФОТО: Getty images
Dortmundning "Borussiya" klubi o‘z maydonida Germaniya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Hoffenhaym"ni mag‘lub etdi – 2:0.
Birinchi bo‘limda Yulian Brandt hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa Niko Shlotterbek o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Niko Kovach jamoasi 28 ochko jamg‘arib, chempionat jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. "Hoffenhaym" esa 23 ochko bilan 5-pog‘onada harakat qilmoqda.
Bundesliga. 13-tur
Borussiya Dortmund – Hoffenhaym – 2:0
Gollar: Brandt, 43 (1:0). Shlotterbek, 60 (2:0)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist