locale OZ

Bundesliga. «Bayer» Erik ten Hag bilan mavsumni mag'lubiyat bilan boshladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bundesliga. «Bayer» Erik ten Hag bilan mavsumni mag'lubiyat bilan boshladi
Фото: Getty Images

Bundesliga 1-turida "Bayer" o‘z maydonida "Hoffenheim"ni qabul qildi. Bahsda mehmonlar 2:1 hisobida iroda bilan g‘alaba qozondi.

Dastlab 6-daqiqada Jarrel Kuanza Erik ten Hag jamoasi safida hisobni ochdi. 25-daqiqada Fisnik Asllani muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 52-daqiqada Tim Lemperle mehmonlarga 3 ochko keltirgan gol muallifi bo‘ldi.

Bundesliga. 1-tur
“Bayer” 1:2 “Hoffenheim”
Gollar: Kuanza 6 – Asllani 35, Lemperle 52

"Bayer" ikkinchi turda "Werder" mehmoni bo‘ladi (30-avgust). "Hoffenheim" kelasi turda "Eintracht"ni qabul qiladi (30-avgust).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting