Bundesliga. «Bavariya» «Xoffenxaym»ni tor-mor etib, peshqadamlikni mustahkamladi
Bundesliganing 21-turidan o‘rin olgan "Bavariya" va "Hoffenhaym" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Myunxenda kechgan bahsda mezbonlar 5:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishishdi.
O‘yinda Luis Dias xet-trik qayd etdi va jamoasining yirik g‘alabasini ta’minladi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Bavariya" 54 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. "Hoffenhaym" esa 42 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi.
Bundesliga. 21-tur
Bavariya – Hoffenhaym 5:1
Gollar: Keyn 20 penalti, 45 penalti, Dias 45+2, 62, 89 – Kramarich 35.
Bavariya – Noyer, Upamekano, Ta (Ito, 63), Kimmix, Devis (Laymer, 80), Stanishich, Pavlovich, Olise (Karl, 63), Gnabri (Musiala, 63), Luis Dias, Keyn (Jekson, 68)
Hoffenhaym – Baumann, Qoboq, Pryomel, Avdullahu (Jurich, 81), Aslani, Hajdari, Prass, Akpoguma, Kramarich (Damar, 71), Ture, Kuofal.