Bundesliga. «Bavariya» - «Verder» 4:0 (video sharh)
Uchrashuvdagi gollar va xavfli vaziyatlarni tomosha qilishingiz mumkin.
ФОТО: Getty images
Germaniya Bundesligasining 5-turida "Bavariya" o‘z maydonida "Verder"ni mag‘lub etdi - 4:0.
Uchrashuvda myunxenliklar hujumchisi Harri Keyn dubl qayd etdi. 32 yoshli ingliz 45-daqiqada penaltidan unumli foydalandi va 65-daqiqada o‘yindan gol urdi. Bu hujumchiga jamoa uchun 100 ta goldan oshib ketish imkonini berdi.
Yana bittadan golga Luis Dias (22-daqiqa) va Konrad Laymer (88) mualliflik qildi.
Uchrashuvdagi gollar va xavfli vaziyatlarni tomosha qilishingiz mumkin.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist