locale OZ

Bundesliga. «Bavariya» mavsumni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bundesliga. «Bavariya» mavsumni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi
Фото: Getty Images

Germaniya chempionatida yangi mavsum start oldi. Turning ilk bellashuvida amaldagi chempion “Bavariya” Myunxenda “Leyptsig”ni qabul qildi.

Gollarga boy kechgan o‘yinda Vinsent Kompani shogirdlari 6:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Harri Keyn uchrashuvda xet-trikka erishgan bo‘lsa, Olise dublni rasmiylashtirdi. Luis Dias ham o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi.

Shu tariqa, “Bavariya” mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi.

Bundesliga. 1-tur
"Bavariya" 6:0 "Leyptsig"
Gollar: Olise (27, 42), Dias (32), Keyn (64, 74, 78)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting