locale OZ

Buloqboshi tumanida «Hokim olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqasi yakunlandi

G‘olib va sovrindor jamoalar tuman hokimining diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Buloqboshi tumanida «Hokim olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqasi yakunlandi
Фото: Андижон спорт бошқармаси

Andijonda “Hokim olimpiadasi” doirasida 13–14 yoshli o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi voleybol sport musobaqasining 1-bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mazkur musobaqada viloyatning 16 ta tuman va shahar jamoalari ishtirok etib, g‘oliblik uchun qizg‘in va murosasiz bahslarda kuch sinashdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin — Buloqboshi tumani jamoasi,
2-o‘rin — Marhamat tumani jamoasi,
3-o‘rin — Bo‘ston tumani jamoasi tomonidan egallandi.

G‘olib va sovrindor jamoalar tuman hokimining diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting