locale OZ

Bugun Superligada 22-tur uchrashuvlari yakunlanadi

Andijon va Navoiyda tur bahslari o‘tkaziladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bugun Superligada 22-tur uchrashuvlari yakunlanadi
Фото: UzPFL

Bugun Superliganing 22-tur bahslariga yakun yasalanadi.

Turning so‘nggi kunining ilk bahsi Andijon shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda "Andijon" va "So‘g‘diyona" o‘zaro bahs olib boradi. Uchrashuv 17:00 da start oladi.

“Andijon” — “So‘g‘diyona”
21.09.2025Bosh hakam: G‘ayrat Jo‘rayev
Yordamchi hakamlar: Maksim Nexochin, Rasul Fozilov
Zaxira hakami: Umidjon Rahimjonov
Nazoratchi: Timur Galeev
VAR hakami: Ahrol Risqullayev
AVAR hakami: Dildora Rustamova
Komissar: Vladimir Nazarov

Kunning ikkinchi bahsiga esa Navoiy mezbonlik qiladi. Unda mezbonlar "Qizilqum" amaldagi chempion va musobaqa yetakchisi "Nasaf"ni qabul qiladi. Uchrashuv 19:15 da boshlanadi.

“Qizilqum” — “Nasaf”
21.09.2025
Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov
Yordamchi hakamlar: Andrey Sopenko, Sanjar Shoyusupov
Zaxira hakami: Jahongir Noraliyev
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR hakami: Doston Rahmonov
AVAR hakami: Akmal G‘iyosov
Komissar: Abdulbosit Valixonov

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting