locale OZ

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi «CAFA Nations Cup-2025» turnirida o‘z yurishini boshlaydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi «CAFA Nations Cup-2025» turnirida o‘z yurishini boshlaydi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham "CAFA Nations Cup-2025" turnirida ishtirok etmoqda va "A" guruhidan o‘rin olgan.

Bugun terma jamoamiz Umonga qarshi turnirdagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:30 da start oladi. Uchrashuv esa "Olimpik" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, vakillarimiz ikkinchi turda 2-sentabr kuni Turkmanistonga qarshi maydonga tushishsa, so‘nggi turda Qirg‘iz Respublikasi bilan kuch sinashadi. Mazkur to‘qnashuv 5-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Barcha o‘yinlar 19:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting