locale OZ

Bugun O‘zbekiston Proligasida 4-davra o‘yinlari start oladi

Hal qiluvchi bosqich boshlanish arafasida.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bugun O‘zbekiston Proligasida 4-davra o‘yinlari start oladi
Фото: Про-лига

O‘zbekiston Proligasi o‘zining eng qizg‘in pallasi sari kirib bormoqda. Bugundan boshlab musobaqaning 4-davra o‘yinlari start oladi.

Yakuniy bosqich oldidan Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi 33 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Chempionlik yo‘lida "temiryo‘lchilar"ga munosib raqobat ko‘rsatib kelayotgan Nukusning "Aral" jamoasining hisobida esa 31 ochko bor.

Farhod Nishonov boshchiligidagi "Olimpik-MobiUz" klubi esa 29 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Ko‘rib turganingizdek, yetakchilar orasidagi farq katta emas. Demak, chempionlikni maqsad qilgan jamoalar uchun endi xato qilishga haqqi yo‘q. Bu esa bizni oldinda qiziqarli o‘yinlar kutayotganidan darak beradi.

So‘nggi turlarda bizni quyidagi markaziy o‘yinlar kutmoqda:

17-tur, 20 oktyabr

Olimpik-MobiUz — Aral

19-tur, 5 noyabr

Olimpik MobiUz — Lokomotiv

20-tur, 16 noyabr

Aral — Lokomotiv

Qo‘shimcha ma’lumot tariqasida, Proliga g‘olibi va vitse-chempionining kelgusi yilgi O‘zbekiston Superligasida ishtirok etishi masalasi O‘zbekiston Professional futbol ligasi "Superliga va Proliga reglamenti"ning quyidagi bandlari asosida tartibga solinadi:

7.2. Proliga yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni egallagan futbol klubi Superligaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

5.3. Superligada 12, 13, 14, 15-o‘rinni egallagan jamoalar musobaqadagi o‘rnini saqlab qolish uchun pley-off musobaqasida ishtirok etadi. Pley-off uch bosqichdan

iborat bo‘lib, undagi barcha uchrashuv faqat bir martadan tashkil etiladi:

— Birinchi bosqichda Superligada 12-o‘rinni egallagan klub o‘z maydonida 15-o‘rindan joy olgan klubni, 13-o‘rinni egallagan klub esa o‘z maydonida 14-o‘rindan joy olgan klubni qabul qiladi va har ikki o‘yin g‘oliblari Superligadagi o‘rnini saqlab qoladi;

— Ikkinchi bosqichda birinchi bosqichdagi ikki o‘yinda mag‘lub bo‘lgan jamoalar o‘zaro to‘qnash keladi. Bunda Superliga mavsumi yakuniga ko‘ra yuqoriroq o‘rindan joy olgan klub raqibini o‘z maydonida qabul qiladi va bellashuv g‘olibi Superligadagi o‘rnini saqlab qoladi;

— Uchinchi bosqichda ikkinchi bosqichda mag‘lub bo‘lgan klub Proliga mavsumini 2-o‘rinda yakunlagan klub maydoniga safar qiladi va ushbu bellashuv g‘olibi Superligada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting