Bugun O‘zbekiston Jahon chempionatiga yo‘llanma uchun o‘ynaydi
Ushbu bahs Sidney shahrida tashkil etiladi.
Фото: Аёллар футболи
Bugun, 14 mart kuni Avstraliyada o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi chorak finalida O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga yo‘llanma uchun Janubiy Koreya bilan bahs olib boradi.
Ushbu bahs Sidney shahrida tashkil etiladi. Qayd etish joiz, ushbu bellashuv g‘olibi kelasi yil Braziliyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Imkoniyatni boy bergan jamoa esa mundial yo‘llanmasi uchun chorak finalning boshqa bir juftligida mag‘lub bo‘lgan ishtirokchi bilan kurash olib boradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist