locale OZ

Bugun Osiyo kubogi - 2027 uchun qur'a tashlanadi

Tadbir Ar-Riyod shahrida Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bugun Osiyo kubogi - 2027 uchun qur'a tashlanadi
ФОТО: Getty images

2027-yili Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan milliy terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir Ar-Riyod shahrida Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start oladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi qur’ada 1-savatchadan o‘rin olgan.

Musobaqa 2027-yilning 7-yanvaridan 5-fevraliga qadar bo‘lib o‘tadi. Unda 24 ta terma jamoa 6 guruhga bo‘lingan holda qit’a chempionligi uchun kurash olib boradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting