Bugun JCH-2026 ning guruh bosqichiga qurʼa tashlanadi
Vashington shahrida oʻtkaziladigan tadbir Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi.
ФОТО: Getty images
Bugun oʻzbek futboli uchun muhim kun. Tarixda ilk bor jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston terma jamoasi JCH-2026 da guruh bosqichidagi raqiblarini bilib oladi.
Mazkur muhim tadbirda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, MOQ va OFA rahbariyati AQShga yetib bordi. Eslatib oʻtamiz, Vashington shahrida oʻtkaziladigan tadbir Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston terma jamoasi 3-savatdan oʻrin olgan va raqiblarini bilib oladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist