Bugun Farg'ona viloyati kubogi start oladi
Ushbu uchrashuvlar "Neftchi" futbol akademiyasi maydonida o‘tkaziladi.
Фото: Нефтчи ПФК
Avval xabar berib o‘tganimizdek, 20-29 dekabr kunlari Farg‘ona viloyati kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Bu bellashuvlarda "Neftchi"(U-19) hamda" Neftchi"(U-21) jamoalari ham faol qatnashib, viloyat kubogini qo‘lga kiritish uchun astoydil kurash olib boradilar.
Bugun ertalabki soat 09:00 "Neftchi"(U-21)- "Yaypan"(Farg‘ona) yoshlari bilan bellashadi.
Soat 14:30 da esa "Neftchi"(U-19) - Mintaqaviy terma jamoa bilan kuch sinashadi.
Ushbu uchrashuvlar "Neftchi" futbol akademiyasi maydonida o‘tkaziladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist