locale OZ

“Bu tarix!” — “Manchester City” va “Roma” O‘zbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga chiqishi bilan tabrikladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Jamoa AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi musobaqada ishtirok etishi aniq bo‘ldi. O‘zbekiston Yaponiya va Erondan so‘ng Osiyodan mundialga yo‘llanma olgan uchinchi jamoa bo‘ldi.

Bu yutuq xalqaro maydonda ham e’tirof etilmoqda. Yevropa grandlari sanalgan “Manchester City” va “Roma” klublari Instagram’dagi sahifalari orqali Abduqodir Husainov va Eldor Shomurodovni ushbu tarixiy muvaffaqiyat bilan tabrikladi.

O‘zbekiston futbolining uzoq kutilgan orzusi ro‘yobga chiqdi — va buni butun dunyo tan olmoqda.


Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting