Brunu Fernandesh: Krishtiano — men uchun eng asosiy namuna
Brunu Fernandesh o‘zi uchun o‘rnak bo‘lgan futbolchilar haqida gapirib berdi:
Krishtiano — men uchun eng asosiy namuna. U portugaliyalik va 2000-yillarda tug‘ilgan barcha yoshlar (men o‘zim 1994-yilda tug‘ilganman) unga qarab intilishgan. Uning ushbu klub tarkibida Oltin to‘pni qo‘lga kiritishi chinakam o‘zgacha voqea edi.
Birorta ham muxlis uning jamoaga qaytgan kunini, Nyukaslga qarshi o‘yinini unutmasa kerak. Bu unutilmas kun edi. U qaytdi, ikkita gol urdi va xuddi hech qayerga ketmagandek taassurot qoldirdi. O‘sha kuni stadiondagi muhit dahshatli edi, ehtimol, hayotimdagi eng zo‘r muhit bo‘lgandir.
Ronalduning qaytishi, uning atrofidagi shov-shuvlar, maydonga chiqib kelishi va taqdimot marosimi — bularning barchasini eslasam, haligacha etim jimirlab ketadi.