Bruno Fernandesh: \"Ayolim \"endi nima qilmoqchisan?\",-deb so'radi\"
“Manchester Yunayted” futbolchisi Bruno Fernandesh kelajagi hamda “Al Hilol” haqida fikr bildirdi:
“Yaxshigina imkoniyat bo'lga edi. Prezident menga qo'ng'iroq qildi va meni jamoasida ko'rishni xohlayotganini aytdi. Ular meni kutishayotgan edi. Men murabbiyim Amorim bilan gaplashdim. U esa mendan ketmasligimni so'radi. ”Manchester Yunayted" meni sotishni xohlamadi. Ular pulg muhtoj emaslar. Agar men o'zim ketishni xohlaganimda, buni amalga oshirishlari mumkin edi.
“Al Hilol” juda ham yaxshi munosabat qiladigan jamoa. Ular mening agentim bilan gaplashdi. Keyin esa men ayolim bilan gaplashdim. "U endi nima qilmoqchisan?",-deb so'radi. Turmush o'rtog'im har doim mening qarorlarimni qo'llab-quvvatlaydi. Saudiyaga ketishim juda ham oson amalga oshishi mumkin edi. Portugaliyalik futbolchilar u yerda juda ham yaxshi holatda ekanliklarini bilaman. Lekin, eng yuqori darajada o'ynashni hamda katta sovrinlarni qo'lga kiritishni tugallab qo'yishni xohladim. Men buni amalga oshira olaman va hali ham buni qattiq xohlayman. Futboldan juda ham zavqlanyapman",-deydi Fernandesh