\"Brighton\" Milner bilan shartnomani uzaytiradi
Photo: Getty Images
Angliyaning “Brighton” klubi 39 yoshli yarim himoyachi James Milner bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
The Times xabariga ko‘ra, “chaykalar” Milnerning tajribasiga ishonadi va u bilan shartnomani yana uzaytirishni istaydi. Tomonlar kelishuv muddatini yana bir yilga uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Joriy mavsumda Milner “Brighton” safida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi. U jamoaning eng yoshi katta futbolchisi hisoblanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist