Braziliyada futbol uchrashuvida 23 ta qizil kartochka ko‘rsatildi
Mojaroning faol ishtirokchilaridan biri – Halk bo‘ldi.
ФОТО: Getty images
Braziliyaning “Atletiko Mineyro” va “Kruzeiro” futbolchilari o‘rtasida shtat chempionati finalining so‘nggi daqiqalarida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Uchrashuv hakami 23 nafar futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatdi.
Final hushtagi yangragach, maydonda ikki jamoa futbolchilari hamda zaxira o‘yinchilari ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz bergan. Mojaroning faol ishtirokchilaridan biri – Halk bo‘ldi.
Janjal “Atletiko Mineyro” darvozaboni raqib futbolchisini yerga yiqitib, unga zarba bera boshlaganidan keyin kelib chiqqan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist