locale OZ

Braziliya terma jamoasini kim boshqarishi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Braziliya terma jamoasini kim boshqarishi ma'lum bo'ldi
FOTO: AFP

Xabaringiz bor, Braziliya futbol federatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Dorival Juniorni iste'foga chiqardi. Hozirda yangi mutaxassis tanlash ustida ishlar olib bormoqda.

Jurnalist va insayder Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 62 yoshli Dorival o'rnini “Al-Hilol” bosh murabbiyi Xorxe Jezus egallashi mumkin. Braziliyaliklar allaqachon 70 yoshli portugaliyalik mutaxassis bilan muzokaralar olib bormoqda.

Ma'lumot uchun, Jezus 2023-yilning yozidan buyon “Al-Hilol”ni boshqarib kelmoqda. Uning riyodliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting