Braziliya klubi Sanchesga qiziqish bildirmoqda
Sanches esa Braziliyaga ko‘chishga tayyor ekanligini bildirgan.
ФОТО: Getty images
Braziliyaning “Internasional” klubi “Seviliya” hujumchisi Aleksis Sanchesga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik klub futbolchiga ikki yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.
Hozircha Ispaniya va Braziliya klublari o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda, lekin hali kelishuvga erishilmadi.
Sanches esa Braziliyaga ko‘chishga tayyor ekanligini bildirgan. Hujumchining andalusiyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyunga qadar amal qiladi. Ushbu mavsumda chililik futbolchi «Seviliya» safida barcha turnirlarda 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta assist amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist