locale OZ

\"Brayton\" \"Tottenhem\" himoyachisi Luka Vushkovich transferini rasman e'lon qildi

19 yoshli markaziy himoyachi yangi klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Brayton" "Tottenhem" himoyachisi Luka Vushkovich transferini rasman e'lon qildi
Foto: Getty Images

Angliyaning "Brayton" klubi xorvatiyalik iqtidorli himoyachi Luka Vushkovich transferini rasman e'lon qildi.

19 yoshli markaziy himoyachi “Tottenhem”dan ko‘chib o‘tdi va yangi klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Transfer tafsilotlari rasman oshkor etilmagan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Vushkovich o‘tgan mavsumni Germaniyaning "Gamburg" klubida ijara asosida o‘tkazib, o‘zining ishonchli o‘yini bilan Yevropaning bir qator klublari e'tiborini tortgan. Shunga qaramay, u muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida "Tottenhem"ni tark etishga qaror qilgan.

"Brayton" bosh murabbiyi Fabian Hyurseler yosh himoyachining salohiyatini yuqori baholab, uning kelajakda jamoaning muhim futbolchilaridan biriga aylanishiga ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Luka Vushkovich Xorvatiya futbolining eng iste'dodli himoyachilaridan biri sifatida e'tirof etiladi va so‘nggi yillarda Yevropaning eng istiqbolli yosh futbolchilari qatoridan joy olib kelmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting