locale OZ

\"Brayton\" hujumchisi \"Chelsi\"ga o'tishi mumkin

Unga APLning boshqa klubi ham qiziqmoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Brayton" hujumchisi "Chelsi"ga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images

«Chelsi» tarkibini «Brayton»ning hujumchisi Joau Pedro bilan kuchaytirishi mumkin, deb xabar bermoqda Fabrizio Romano.

London klubi 23 yoshli futbolchini yuqori baholadi va uni yozgi transfer oynasi uchun nomzodlar ro'yxatiga kiritdi. Tomonlar o'zaro muzokara ham o'tkazgan.

Ma'lum qilinishicha, o'tgan haftada "Nyukasl" Joau Pedroni transfer qilish imkoniyatini muhokama qilish uchun "Brayton" bilan bog'langan.

O'tgan mavsumda braziliyalik futbolchi APLda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 6 ta golga assistentlik qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting