Branko Chirić «Andijon» murabbiylar shtabiga qo‘shildi
Chirić “Astana” bilan Qozog‘iston chempionligi va Kubogini qo‘lga kiritgan.
Фото: Андижон ПФК
“Andijon” klubi murabbiylar shtabiga yangi mutaxassis qo‘shildi.
Endilikda serbiyalik tajribali murabbiy Branko Chirić jamoada jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy vazifasini bajaradi.
Ma’lumot uchun, Branko Chirić 1983 yil 21 may kuni tavallud topgan. Uning so‘nggi ish joyi Qozog‘istonning “Astana” klubi bo‘lgan.
Faoliyati davomida u Serbiyaning “Voždovac”, “Radnički” va “Čukarički”, shuningdek, Qozog‘istonning “Aktau” klublarida ham jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.
Chirić “Astana” bilan Qozog‘iston chempionligi va Kubogini qo‘lga kiritgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist