locale OZ

Branimir Yochich: «Jamoaning irodasi va xarakteri borligini ko‘rsata oldik»

Futbolchi klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Branimir Yochich: «Jamoaning irodasi va xarakteri borligini ko‘rsata oldik»
Фото: Металлург ПФК

O‘zbekiston Pro-Ligasi 1-turi doirasida "Yaypan" - "Metallurg" (1:2) uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan so‘ng g‘alaba goli muallifi bo‘lgan Branimir Yochichning taassurotlari bilan qiziqdik.

“Assalomu alaykum. “Yaypan”ga qarshi safar uchrashuvi oson bo‘lmadi.

Birinchi bo‘limda u qadar yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik. Buni tanaffus vaqtida jamoa bilan gaplashib oldik va ikkinchi bo‘limga yaxshi kirishib ketdik.

Jamoaning irodasi va xarakteri borligini ko‘rsata oldik. O‘yin borishini o‘zgartirib, g‘alaba qozondik.

Bekoboddan kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislardan minnatdorman. Ularning borligini maydonda ham sezib harakat qildik. Umid qilamiz, uy o‘yinlarimizda ham ular o‘n ikkinchi o‘yinchimiz bo‘lishadi.

Debyut o‘yinimdayoq gol ura olganimdan juda xursandman. Bu gol nafaqat meniki, balki butun jamoa mehnatining samarasi degan bo‘lardim.

Keyingi tur uchrashuvini o‘z maydonimizda o‘tkazamiz va navbatdagi uch ochkoni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. Biz har bir uchrashuvda g‘alaba uchun maydonga tushamiz”.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting