locale OZ

Bosimni yengish uchun yigitlarni xursand qilishga harakat qilyapman: Jaloliddin Masharipov BAAga qarshi o‘yin haqida gapirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: upl.uz

O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAdagi mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Futbolchilar 5-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan muhim uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Uchrashuv arafasida yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov intervyu berdi.

— Jamoada kayfiyat yaxshi. Oldimizda muhim o‘yin turganini tushunamiz. Biroq o‘ta motivatsiya yoki ortiqcha bosim o‘yinga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Biz avvalgidek o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak. Shaxsan men bosimni yengish uchun jamoadoshlarimni xursand qilishga harakat qilyapman, — dedi Masharipov.

Shuningdek, u jismoniy holati yaxshi ekanini va jamoa BAA iqlimiga moslashib ulgurganini ham qayd etdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting