«Borussiya M» klubi «Borussiya D» futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi
Фото: Getty Images
Jovanni Reyna Dortmundning "Borussiya" klubini tark etdi.
Yarim himoyachi Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Insayder Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik futbolchi uchun 3 million yevro to‘langan, yana 4 millioni esa bonus sifatida berilgan.
Ma’lumot uchun, Reyna “Borussiya Dortmund” safida jami 147 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 7 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist