locale OZ

\"Bolonya\" himoyachisi \"Roma\"ga o'tishi mumkin

Rimliklar markaziy himoyani kuchaytirmoqchi.
Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
"Bolonya" himoyachisi "Roma"ga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images

"Bolonya" markaziy himoyachisi Jon Lukumi "Roma"ga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Rudi Galetti xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Roma" 26 yoshli kolumbiyalik futbolchi bo'yicha kelishuvga erishish uchun bor kuchini ishga soladi. Klub kelasi yozda futbolchining shartnomasi yakunlanishidan foydalanib qolmoqchi. Shu bilan birga, "Bolonya" futbolchini qo'yib yuborishga tayyor emasligi aytilmoqda. Agar klublar kelisha olmasa, "Roma" yanvar oyida Lukumi variantiga qaytib, kelasi yozda bepul transferni amalga oshiradi.

Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting