«Boka Xuniors» sobiq murabbiyi vafot etdi
Murabbiy 2025 yil sentyabr oyida siydik yoʻllaridagi infeksion kasallik sababli kasalxonaga yotqizilgan edi.
ФОТО: Getty images
Argentinaning “Boka Xuniors” klubi bosh murabbiyi Migel Anxel Russo 69 yoshida vafot etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Murabbiy 2025 yil sentyabr oyida siydik yoʻllaridagi infeksion kasallik sababli kasalxonaga yotqizilgan edi. Shifoxonada uning ahvoli ogʻirlashgan.
Russo futbolchilik faoliyatining barchasini “Estudiantes” klubida oʻtkazgan. 1989 yildan boshlab murabbiylik faoliyatini boshlagan va shu vaqt davomida “Lanus”, “Veles Sarsfild”, “San-Lorenso”, “An-Nassr”, “Millonarios”, “Estudiantes” va “Boka Xuniors” kabi klublarda ishlagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist