locale OZ

Birinchi liganing uchinchi, to'rtinchi va beshinchi turlaridagi oʻyinlar hakamlar ishtirokida tahlil qilindi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Birinchi liganing uchinchi, to'rtinchi va beshinchi turlaridagi oʻyinlar hakamlar ishtirokida tahlil qilindi
PHOTO: Telegram

Vladislav Seytlin, Zokir Qodirov, Bobur Haydarov va Timur Galeevlar ishtirokida Oʻzbekiston Birinchi ligasining uchinchi, to'rtinchi va beshinchi turlaridagi oʻyinlarga bagʻishlangan onlayn tahlil yigʻilishi oʻtkazildi.

Zoom platformasida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda Birinchi ligada faoliyat yuritayotgan bosh va yordamchi hakamlar qatnashdi.

Tahlil davomida uchrashuvlarda kuzatilgan muhim vaziyatlar koʻrib chiqildi, qabul qilingan ijobiy hamda bahsli qarorlar atroflicha tahlil qilindi.

Instruktorlar tomonidan yosh hakamlarga amaliy tavsiyalar berilib, oʻyinlarda yagona yondashuvni shakllantirishga oid metodik tushunchalar yetkazildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting