locale OZ

Birinchi ligada 29 jamoa uch mintaqaga bo'lingan holda kurash olib boradi

Bugun qur'a tashlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Birinchi ligada 29 jamoa uch mintaqaga bo'lingan holda kurash olib boradi
Фото: Биринчи лига

O‘tgan mavsumda ham Liga musobaqa uchun shu formatdan foydalangandi. Farqli jihati, unda qatnashchilar soni 30 tani tashkil qilgandi. Joriy mavsum jamoalar sonidagi o‘zgarish sabablari mana shu havolada bayon qilingan.

Geografik jihatdan G‘arbiy mintaqa nisbatan kattaroq ekani sababli, unda 9 jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Hozircha mazkur mintaqada to‘p tepadigan yetti jamoaning nomi ma’lum. Yana ikki ishtirokchi nomi qur’a yordamida aniqlik kiritib olinadi. Mazkur ikki jamoa Samarqand viloyatidan bo‘ladi.

Markaziy mintaqada o‘ynaydigan to‘rt jamoa aniq. Beshinchi jamoa Samarqand viloyatidan bo‘ladi. Shuningdek, Toshkent shahrining yana besh jamoasi qur’a natijasidan kelib chiqib, mazkur mintaqadan joy oladi.

Sharqiy mintaqada to‘p tepuvchi yetti jamoa bor. Qolgan uch ishtirokchi Toshkent shahridan bo‘ladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting