locale OZ

Birinchi liga. Guliston yirik hisobda g'alaba qozonib yakka peshqadamga aylanib oldi

Birinchi liga 4-tur o‘yinlari start oldi. Bu turda «Guliston» futbol klubi Yangiyer shahrida «Respublika FJ»ni qabul qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Birinchi liga. Guliston yirik hisobda g'alaba qozonib yakka peshqadamga aylanib oldi
photo: Guliston FK

Birinchi liga 4-tur o‘yinlari start oldi. Bu turda «Guliston» futbol klubi Yangiyer shahrida «Respublika FJ»ni qabul qildi. Gollarga boy kechgan bellashuvda mezbonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

To‘liq ustunlikka ega bo‘lgan bahsda gulistonliklar safida zaxiradan maydonga tushgan Asilbek Umurzaqov dublga erishdi. Azamat Abduhalilov va Alisher Sobirjonov esa bittadan golga mualliflik qildi. Raqib jamoa esa 90+1-daqiqada penaltidan Sarvar Husanov darvozasiga gol urdi.

Aslida hisob yanada yirik ko‘rinish olishi mumkin edi. Biroq mezbonlarga ayrim vaziyatlarda omad yetishmagani ko‘zga tashlandi.
Shu tariqa, Guliston qatorasiga 4-o‘yinda ham g‘alaba qozonib, turnir jadvalida yakka peshqadam hisoblanadi.

Birinchi liga. 4-tur
2-may. Yangiyer Markaziy o'yingohi. 517 tomoshabin.
GULISTON – Respublika FJ 4:1
Gollar: Azamat Abduhalilov, 37 (1:0), Alisher Sobirjonov, 45+2 (2:0), Aslbek Umrzoqov, 79 (3:0), Aslbek Umrzoqov, 85 (4:0), Sunnatillo Ibragimov, 90+1 pen (4:1).

Bosh hakam: Dilshod Ahmedov
Yordamchi hakamlar: Shahzod Mirsalimov, Dilfuza Tongotorova
Zaxira hakami: Oybek Boboyev
Nazoratchi: Nabijon Ro‘zimov
Komissar: Jalolxon Inog‘omxo‘jayev.

GULISTON — 12.Sarvar Husanov, 3.Asliddin Smoilov, 7.Muhammad Isayev (25.Shohjahon Yunusov, 77), 8.Bunyod Shodiyev, 9.Alisher Sobirjonov (15.Behruz Abdullayev, 56), 10.Shohnazar Norbekov (21.Asilbek Umurzaqov, 77), 11.Azamat Abduhalilov, 14.Isroil Malikov (22.Azimjon Mamatqulov, 62), 17.Ixtiyor Toshpo‘latov, 19.Shahzodbek Gʻofurbekov, 23.Turdibek Omonov.

Zaxiradagilar: 16.Asadbek Ergashev 4.Javohir Nazarqulov, 6.Zuhriddin Ibodullayev, 18.Otabek Ismatullayev, 20.Otabek Kabulov.

Respublika FJ – Vladislav Shomesov, Jasurbek Bayrmirzayev (Rustam Toirov, 46), Sunnatullo Ibragimov, Anatoliy Bulekov (Sog‘inchbek Marufov, 46, Asadbek Ahmadjonov, Muhammadyusuf Marufjonov, Ozod Tolibjonov (Abdurahmon Dilshodbekov, 67), Bilolxon Aliyev (Izzt Aytbayev, 76), Davronbek Berdiyorov, Mironshoh Eshpo‘latov, Nuriddin Xolmahammatov.

Ogohlantirishlar: Asliddin Smoilov 50, Azamat Abduhalilov 53, Muhammad Isayev 56, Turdibek Omonov 88, Sarvar Husanov 89.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting