locale OZ

«Bir xil vaziyatlarni ikki xil talqin qilishmoqda» – Vadim Abramov

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bir xil vaziyatlarni ikki xil talqin qilishmoqda» – Vadim Abramov
Фото: Динамо ПФК

Superliga 20-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” – “Dinamo” (1:1) uchrashuvidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Bugun jamoalar ko‘rsatgan o‘yin muxlislarga yoqdi deb o‘ylayman, tomonlar qarama-qarshi hujumlar bilan quvnoq o‘yin namoyish etishdi. Afsuski, so‘nggi soniyalarda penalti belgilandi va g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Men uchun ko‘p narsa tushunarsiz. Hakam vaziyat yonida edi, VAR esa uni chaqirdi. Shunday vaziyatlar bizda bo‘lganda VAR hech kimni chaqirmaydi. Bilmadim, bu VAR bilan hech narsa tushunarsiz, menimcha bu faqat bizda emas, hamma joyda shunaqa bo‘lyapti. Bizga sariq kartochkalar berib tashlashdi, raqibga kelganda ularning o‘yinchisi ikkinchi sariqni olib maydondan chetlatilishi kerak bo‘lganda, hakam yuz foizlik kartochkani ko‘rsatmayapti. Bir xil vaziyatlarni ikki xil talqin qilishmoqda. Bunga tushunish qiyin. Aftidan, hakamlik bo‘yicha men hech narsani tushunmas ekanman. Shunday ekan, tilimni tiyaman.

Yigitlarimga oxirigacha kurashishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Tiqiz taqvim paytida raqib bizdan bir kun ko‘proq dam oldi. Bunday vaziyatda o‘ynash og‘ir, maydon, hakamlik... Butun o‘yin davomida barchasini yaxshi bajardik, ammo so‘nggi 30 soniyada nimadir yetishmadi. Barchasini tahlil qilamiz”, – dedi Vadim Karlenovich o‘yindan so‘ng.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting