locale OZ

Beyl: «Xabi — ajoyib murabbiy. U «Bayer»da katta cho‘qqilarni zabt etdi.

Real Madrid sobiq futbolchisi Gared Beyl Xabi Alonso haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Beyl: «Xabi — ajoyib murabbiy. U «Bayer»da katta cho‘qqilarni zabt etdi.
photo: Google

Beyl Xabi Alonso haqida fikr bildirdi.

«Xabi — ajoyib murabbiy. U «Bayer»da katta cho‘qqilarni zabt etdi.

Ammo «Real Madrid»ga kelgach, siz shunchaki murabbiy emas, balki menejer bo‘lishingiz kerak, kiyinish xonasidagi egolarni jilovlay olishingiz lozim.

Siz futbolchilarning ko‘nglini olishingiz kerak, doim ham faqat taktik ishlar bilan band bo‘lish yaramaydi.

Kiyinish xonasida o‘yin taqdirini ko‘z ochib yumguncha o‘zgartirib yubora oladigan yulduzlar bor.

Xabining iste’fosidan hayron qoldimmi? Yo‘q, chunki bu «Real Madrid» — agar natija bo‘lmasa yoki bor natijalar ham ruhlantirmasa, ketishga majbursiz»,-deydi Uelslik sobiq futbolchi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting